Berlinning katta qismi “svet”siz qoldi

Olam

image

Bugun, 3 yanvar kuni Germaniya poytaxti Berlinda keng ko‘lamli elektr uzilishi sodir bo‘lib, qariyb 50 ming uy elektrsiz qoldi. Nosozlikka yong‘in sabab bo‘lgan. Bu haqda “Junge Freiheit” xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Berlinning janubi-g‘arbiy qismida yirik elektr uzilishi yuz bergan. Oqibatda taxminan 50 mingta uy xo‘jaligi va qariyb 2 mingta tijorat ob’ekti elektr energiyasiz qolgan.

Xabar qilinishicha, elektr ta’minotini tiklash ishlari dastlabki baholarga ko‘ra kechga qadar davom etadi. Ma’lum bo‘lishicha, uzilishga yong‘in sabab bo‘lgan. Bu ma’lumotni shahar politsiyasi ham tasdiqlagan. Ular taqsimlovchi podstansiya yonib ketganini bildirgan.

Nashrning yozishicha, uzilish bir vaqtning o‘zida bir nechta tumanlar va o‘nlab ko‘chalarga ta’sir qilgan. Berlin politsiyasi ijtimoiy tarmoqlarda avariya sababli nafaqat elektr energiyasi, balki mobil aloqa va statsionar telefon aloqasida ham uzilishlar bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parij va uning chekka hududlarida elektr quvvatida yirik uzilish yuz bergandi. Fransiya poytaxtining janubi-g‘arbidagi Issi-le-Mulino podstansiyasida sodir bo‘lgan texnik nosozlik oqibatida ayrim metro va shaharlararo poyezd liniyalari to‘xtab qolgan, svetoforlar hamda 170 mingga yaqin xonadon vaqtincha elektr ta’minotidan uzilgan.


Maqola muallifi

Teglar

elektr Germaniya Berlin svet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing