Germaniya Shveysariyani mag‘lubiyatga uchratdi
Sport
−
28 mart 789 1 daqiqa
Kecha, 27 mart kuni Germaniya va Shveysariya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Germaniya terma jamoasi 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Bazel shahrida bo‘lib o‘tgan bahs mehmonlar foydasiga 4:3 hisobida yakunlandi. Germaniya safida Florian Virs dubl qayd etdi (61 va 85-daqiqalar). Shuningdek, Jonatan Ta (26-daqiqa) hamda Serj Gnabri (45+2) ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shveysariya terma jamoasi tarkibida esa Dan Ndoye (17-daqiqa), Breel Embolo (41-daqiqa) va Joel Monteyru (79-daqiqa) gol muallifiga aylandi.
Endilikda Germaniya terma jamoasi joriy yilning 30 mart kuni Ganaga qarshi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Shveysariya esa bir kun o‘tib, Norvegiya bilan kuch sinashadi.