Bernardu Silva “Siti”ni tark etib, boshqa jamoaga o‘tishi mumkin

Sport

image

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva joriy mavsum yakunida klubni tark etishi mumkin.  31 yoshli portugaliyalik futbolchiga PSJ qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Silvaning amaldagi shartnomasi shu yozda nihoyasiga yetadi va garchi klub bilan kelishuvni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar davom etayotgan bo‘lsa-da, tomonlar hali bir qarorga kelishgani yo‘q.

Vaziyatni Parijning PSJ klubi diqqat bilan kuzatib bormoqda. Fransiya granti tajribali yarim himoyachini mavsum yakunida erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘zlamoqda. Shuningdek, Silvaga Turkiyaning “Galatasaroy” hamda Kataloniyaning “Barselona” klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Bernardu Silva 2017 yildan buyon “Manchester Siti” sharafini himoya qilib keladi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali futbolchining bozor qiymatini 27 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ Bernardu Silva “Manchester Siti”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing