Bir guruh prokuratura organlari xodimlariga orden va medallar topshirildi

Jamiyat

image

Bugun, 8 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda xodimlarga orden va medallar topshirildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Sherzod Asadov tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyevning prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga bayram tabrigini o‘qib eshittirgan. Qutlovda so‘nggi yillarda prokuratura organlari faoliyatida amalga oshirilgan islohotlar natijasida ular xalqqa yaqin bo‘lib, inson qadri, huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini bevosita joylarda ta’minlayotgan tizimga aylangani alohida ta’kidlangan.

“Xususan, o‘tgan yilda qariyb 512 ming nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangani, 54 mingga yaqin murojaat, jumladan 29 mingga yaqin tadbirkorning masalalari ijobiy hal etilgani prokuratura organlari faoliyatining samaradorligini yaqqol ko‘rsatib turibdi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, mahallalarda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tizimli profilaktika ishlari asosida og‘ir toifadagi mahallalar soni qariyb 1,5 barobar kamaygan. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida minglab huquqbuzarliklarning oldi olinib, davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilgan katta miqdordagi zararlar undirilgan.

Prezident tabrigida raqamlashtirish, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, tergov jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ochiqlik va shaffoflikni yanada kuchaytirish dolzarb vazifa ekani alohida ta’kidlangan. Prokuratura xodimlari qonun ustuvorligi va adolat timsoli bo‘lishi, xalq ishonchini oqlashi zarurligi qayd etilgan.

Davlat rahbari o‘z qutlovida prokuratura organlari xodimlariga mas’uliyatli va sharafli xizmatida ulkan muvaffaqiyatlar tilagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan prokuratura xodimlaridan bir guruhi orden va medallar bilan taqdirlangan edi. Bugungi tadbirda Prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Nodira Hakimova ushbu yuksak mukofotlarni topshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

prokuratura orden xodimlari medal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing