Bir oyda qariyb 100 mlrd so‘mlik gaz va “svet” o‘marildi
3-sahifa
−
06 noyabr 3884 1 daqiqa
Joriy yilning oktyabr oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar oqibatida tizimga 99 milliard so‘mlik zarar yetkazildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlari ishtirokida so‘ngi bir oyda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 192 ta holat aniqlangan.
Unga ko‘ra, 22,3 mln kVt soat elektr energiyasi (63,9 mlrd so‘m) va 11,4 mln metr kub tabiiy gaz (35 mlrd so‘m) talon-toroj qilinishi oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, jami 99 milliard 15 million so‘m zarar aniqlangan.
Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 479 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan.
Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Andijon shahrida 4,6 mlrd so‘mlik elektr enegiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ fosh etilgandi.
Live
Barchasi