Toshkentda 6 ming abonent “svet”ga to‘lov qila olmaydigan bo‘ldi

Jamiyat

image

Toshkentda chiqindi xizmatidan qarzdor 6 ming abonentning elektrga to‘lov qilishi uchun vaqtincha cheklov o‘rnatildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 5 noyabr kuni Toshkent shahri bo‘yicha chiqindi xizmatlaridan yuzaga kelgan qariyb 2 mlrd 239 mln so‘m debitor qarzdorlik uchun jami 25 ming 121 ta abonent “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “2100” qisqa raqamidan SMS xabarnoma orqali ogohlantirilgan. Ushbu ogohlantirish yuborilganidan keyin 5 kun ichida qarzdorlikni bartaraf etmagan 6 mingta abonentning elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyatiga vaqtincha cheklov joriy etilgan. 

Bildirilishicha, ayni paytda Toshkent shahri kesimida chiqindi xizmatlaridan jami 582 mln so‘mdan ortiq debitor qarzdorlik mavjud.

Qayd etilishicha, mazkur cheklov qarzdorlik bartaraf etilishi bilanoq darhol yechiladi.
Ma’lumot uchun, ushbu tartib 2025 yilning 30 iyunigacha bo‘lgan qarzdorliklarga tatbiq etilmaydi. 2025 yilning 1 iyulidan chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar uchun joriy yilning 5 noyabridan boshlab qo‘llanilmoqda. 

Mazkur tartib joriy yilning dekabr oyidan boshlab respublikaning qolgan hududlarida ham joriy etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlagan va sanitariya qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan 2 milliard so‘mdan ortiq ma’muriy jarimalar qo‘llangandi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr Toshkent Hududiy elektr tarmoqlari svet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing