Biz hech qachon taslim bo‘lmaymiz – Kubarsi

Sport

image

“Barselona” himoyachisi Pau Kubarsi Yevropa Chempionlar ligasi chorak final dastlabki o‘yinidan o‘rin olgan “Atletiko Madrid”ga (0:2) qarshi bahsdan so‘ng jamoaning mag‘lubiyatida aybni o‘z bo‘yniga oldi. Bu haqda u bugun, 9 aprel kuni o‘zining Instagram sahifasida yozdi. 

19 yoshli futbolchi o‘yinning 44-daqiqasida Jovanni Simeonega ishlatgan qo‘polligi uchun maydondan chetlatilgandi.

“Bir harakat o‘yinni belgilaydi va natijaga ta’sir qiladi. Futbol shunaqa va men sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmamga olaman. 

Oldimizda hali uzoq yo‘l bor, biz har qachongidan ham jipslashganmiz: biz bir oilamiz va buni doim isbotlab kelganmiz. Kuch va qat’iyat bilan olg‘a, biz hech qachon taslim bo‘lmaymiz”, deydi Kubarsi.

Ma’lumot o‘rnida, javob uchrashuvi joriy yil 14 aprel oqshomida Madridda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik ham “Atletiko Madrid”ga (0:2) qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirgan edi.

Ramazon Usanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Evropa Chempionlar ligasi Kubarsi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing