YeCHLda hafta futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ma’lum bo‘ldi
Sport
−
08 may 5112 1 daqiqa
Yevropa Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun ikki nomzod nomi e’lon qilindi.
Shu tariqa, chempionlik uchun da’vogarlar PSJ himoyachisi Ashraf Hakimi va “Inter” darvozaboni Yann Zommer YeCHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlik qilmoqda.
Italiya klubi darvozaboni Chempionlar ligasi yarim finalida “Barselona” bilan javob uchrashuvida (4:3) o‘zining fenomenal seyvlari uchun eng yaxshi futbolchi deb topildi. Parij klubining marokashlik himoyachisi Londonning “Arsenal” klubi bilan javob uchrashuvida (2:1) g‘alaba to‘pini kiritdi.
Tez orada g‘olib nomi e’lon qilinadi.
PSJ va “Inter” Chempionlar ligasi finaliga chiqdi. Hal qiluvchi o‘yin 1 iyun kuni Germaniyadagi “Arena Myunxen” stadionida bo‘lib o‘tadi, bahs boshlanishi Toshkent vaqti bilan 00:00 ga belgilangan.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr