“Inter” ham biz kabi dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri – Xvicha
Sport
−
08 may 4913 1 daqiqa
PSJning gruziyalik vingeri Xvicha Kvaratsxeliya jamoasining Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) finaliga chiqqani haqida fikr bildirdi.
7 may kuni parijliklar yarim finalning javob o‘yinida “Arsenal”ni mag‘lub etdi (2:1), umumiy o‘yinda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Finalda parijliklar “Inter” bilan to‘qnash keladi.
“Juda hayajondaman, bir necha oydan so‘ng Yervopa Chempionlar ligasi finaliga chiqdik. “Inter”? Men ularga qarshi ko‘p bor o‘ynaganman. Ochig‘i, ular qarshi hujumda va burchak to‘plarida xavfli ekanligini bilaman. Ular finalda o‘ynashga loyiq, ular ham biz kabi dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri”, deydi Xvicha.
Ma’lumot uchun, YeCHL finali 1 iyunga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi o‘yinga Germaniyaning Myunxen shahri mezbonlik qiladi.
Live
Barchasi