Boir Xolmirzayev, Yulduz Rajabova va xonanda Lola mukofotlandi

Madaniyat-san’at

image

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi Lola Yo‘ldosheva, O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kinoaktyor Boir Xolmirzayev hamda teatr va kino aktrisasi Yulduz Rajabova “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqdagi farmonga bugun, 23 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzo chekdi.

Qayd etilishicha, ushbu mukofotlash O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan amalga oshirilgan. Ular O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, o‘zining yorqin iste’dodi, keng qamrovli ilmiy-ijodiy va amaliy faoliyati bilan xalqning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlangan.

Shuningdek, ushbu orden bilan quyidagilar ham taqdirlangan:

  • Rajabboy Abdullayev – Respublika “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, do‘ppido‘z, Andijon viloyati
  • Abdulla Akbarov – Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri artisti, badiiy so‘z ustasi, Farg‘ona viloyati
  • Nabiyra Arzuova – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Irina Boymurodova – Angren shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati
  • Svetlana Barasheva – Samarqand viloyati rus drama teatri oliy toifali artisti
  • Xayriddin Begmatov – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, Samarqand viloyati
  • Farhod Boynazarov – Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri bosh rejissyori
  • Kirill Borchaninov – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti
  • Vaxobjon Buvayev – Respublika “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, kulol, Namangan viloyati
  • Erkin Jo‘rayev – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi rassom, Buxoro viloyati
  • Shuhrat Yo‘ldoshev – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi
  • Omonkeldi Xudoynazarov – Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri sahnalashtiruvchi rejissyori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Shukurjon Qurbonov – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
  • Azizxon Latipov – Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti
  • Baxtiyor Mahkamov – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, dastgohli rangtasvirchi rassom
  • Tohir Mahkamov – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Farg‘ona viloyati bo‘limi xonandasi
  • Suyundiq Mustafoyev – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi
  • Davlat Muhamedov – Xorazm viloyati “Al-Amal Ijod” xususiy korxonasi ganch o‘ymakor ustasi
  • Ildar Muxtorov – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti bosh ilmiy xodimi
  • Yasmina Omar-Mun – Uchtepa tumanidagi 16-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi, xonanda, Toshkent shahri
  • Ollobergan Sultonov – Xorazm viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasining kitoblarni saqlash bo‘limi mudiri
  • Uljan Tojimurodova – Toshkent shahri Oliy sport mahorati maktabining erkin kurash bo‘yicha murabbiysi
  • Aleksandr Taraskin – Toshkent shahridagi “Smart school” nodavlat ta’lim muassasasining biologiya fani o‘qituvchisi
  • Tohir Turg‘unov – O‘zbek Milliy maqom san’ati markazi Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli oliy toifali artist-sozandasi
  • Ahrorjon Usmonov – O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi
  • Xaji Akbar Aysa – Shinjon tibbiyot universiteti rektori, Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon fizik-kimyoviy texnika institutining akademik direktor o‘rinbosari
  • Rustam Xametov – “O‘zbeksirk” davlat muassasasi direktori o‘rinbosari, sirk artisti
  • Nodira Hamroyeva – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri balet artisti
  • O‘g‘iloy Xolmatova – Bekobod tumani madaniyat bo‘limining “Nilufar” folklor maktabi badiiy rahbari, Toshkent viloyati
  • Mirabzal Husanov – O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi, bastakor
  • Nigora Husanova – O‘zbekiston davlat konservatoriyasining maxsus fortepiano kafedrasi katta o‘qituvchisi
  • Barno Ergasheva – “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi bosh baletmeysteri. 

Ma’lumot uchun, Lola Yo‘ldosheva 1985 yilning 4 sentyabrida Samarqand shahrida tug‘ilgan. Lola taxallusi bilan tanilgan o‘zbek qo‘shiqchisi, bastakori va aktrisasi. 2004 yilda “Muhabbatim” qo‘shig‘i bilan O‘zbekistonda shuhrat qozongan. Xonanda ham o‘zbek, ham rus tillarida qo‘shiq kuylaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing