Bolgariyada cho‘kib ketgan talabaning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
03 Sentabr 10604 1 daqiqa
Bolgariyaning Sozopol shahrida cho‘kib ketib, halok bo‘lgan hamda Turkiyada vafot etgan 5 nafar o‘zbekistonliklarning jasadi mamlakatga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Konsulxonaga ko‘ra, vafot etganlardan tashqari shifoxonalarda davolanish jarayonida katta qarzga tushgan 12 nafar fuqaroga chegirmalar qilinib, ularning O‘zbekistonga qaytishida amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Shu bilan birga, Turkiyada hujjatsiz qolgan 27 nafar fuqaroga ham yordam berilib, zarur hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 avgust kuni Bolgariyaning Sozopol shahrida do‘stlari bilan cho‘milishga borgan 22 yoshli o‘zbekistonlik talaba suvda oqib ketgani xabar qilingandi. Uning jasadi esa oradan ikki kun o‘tib, ya’ni 9 avgust kuni suv ostidagi yirik qoyatoshlar orasidan olib chiqilgan. Uning tanasi bahaybat qoyatoshlar orasiga tiqilib qolgan va uni chiqarib olishning imkoni bo‘lmagan. 9 soatlik qidiruv ishlaridan keyin qutqaruv xizmati xodimlari emas, balki talabaning o‘zbek, qirg‘iz va moldovalik do‘stlari uni qoyatosh ostidan topgan.
Live
Barchasi