Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi
Jamiyat
−
30 iyul 2655 1 daqiqa
O‘zbekistonda Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi. Bu haqda joriy yilning 28 iyul kuni qabul qilingan “O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasini abadiylashtirish, uning ijodiy merosini chuqur o‘rganish va jahon miqyosida targ‘ib qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida so‘z boradi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent shahrida Botir Zokirov memorial muzeyi tashkil etiladi hamda Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.
2026 yildan har 2 yilda 1 marta estrada san’ati bo‘yicha Botir Zokirov nomidagi xalqaro ko‘rik-tanlovi o‘tkazib boriladi. Shuningdek, Botir Zokirovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan badiiy film ishlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon shahridagi san’at maktabi negizida Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi tashkil etilishi va Sherali Jo‘rayev nomidagi milliy qo‘shiqchilik teletanlovi har yili o‘tkazilishi xabar qilingan edi.
Live
Barchasi