Boysundagi kondan yana gaz sizib chiqdimi? (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi “M-25” konidan yana gaz sizib chiqqani aks etgan videolar tarqaldi. Kondagi vaziyat barqaror va mutaxassislar nazorati ostida. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, videolarda aks etgan holat “M-25” konining 202-son qudug‘ida bir hafta oldin kuzatilgan geologik jarayon, ya’ni avvaldan yoqib qo‘yilgan olovning vaqtincha so‘nishi holati hisoblanadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu holat kondagi geologik jarayon natijasida yuz bergan va qisqa vaqtda yana yoqib qo‘yilgan. 

“Ayni paytda Boysundagi “M-25” konida vaziyat barqaror bo‘lib, barcha jarayonlar mutaxassislar nazorati ostida amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda. 

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, havoga zararli moddalar tarqalishining oldini olish maqsadida gaz yoqib qo‘yilgan va bu usul atrof-muhit ifloslanishining oldini olishda qabul qilingan standart amaliyot hisoblanadi hamda xalqaro sanoat xavfsizligi talablariga to‘liq javob beradi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 noyabr kuni ham “M-25” konining 202-son gaz qudug‘ida avvaldan yoqib qo‘yilgan olovning vaqtincha so‘nish holati kuzatilgandi. Mutaxassislarga ko‘ra, bu holat kondagi geologik jarayon sababli yuz bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Boysun Energetika M-25

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing