Braziliya 2029 yilgi klublar o‘rtasidagi JCHga mezbonlik qilishi mumkin

Sport

image

Braziliya FIFA’dan 2029 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini o‘tkazish huquqini berishni so‘radi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ushbu iltimos kecha, 26 yanvar kuni Braziliyada bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida bildirilgan. Unda FIFA prezidenti Janni Infantino, Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva, mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hamda Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) rahbari Samir Chaud ishtirok etgan.

Qayd etilishicha, Janni Infantino hozirda Braziliyada bo‘lib turibdi. U 2027 yilda Braziliyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan FIFA ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatini targ‘ib qilish tadbirlarida qatnashmoqda.

Ma’lumot uchun, hozircha 2029 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga yo‘llanmani kafolatlagan yagona Braziliya klubi 2025 yilgi Libertadores kubogi g‘olibi “Flamengo” hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya JCh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing