Britaniya Abramovichni sudga bermoqda
Sport
−
18 dekabr 1080 2 daqiqa
Buyuk Britaniya hukumati rossiyalik oligarx Roman Abramovichga uch yildan ortiq vaqt oldin muzlatib qo‘yilgan “Chelsi” klubini sotishdan tushgan 2,5 milliard funt sterling mablag‘ni qaytarish uchun so‘nggi imkoniyatni berdi va milliarder mablag‘larni 90 kun ichida qaytarib bermasa, sudga murojaat qilishini bildirdi. Bu haqda “The Guardian” xabar beradi.
Joriy yilning iyun oyida vazirlar Abramovich bilan 2022 yil may oyidagi savdo mablag‘larining sarflanishi borasida kelisha olmagan. Buyuk Britaniya hukumati mablag‘lar Ukrainadagi gumanitar maqsadlarga yo‘naltirilishini xohlaydi, Abramovich esa ulardan Rossiyadagi mojaroning barcha qurbonlari uchun foydalanilishini ta’kidlamoqda.
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer Abramovichni mablag‘larni berishga chaqirdi, aks holda, sudga murojaat qilinishi mumkin.
“Abramovichga xabarim shuki, vaqt tugab bormoqda. Va’dangizni bajaring va hozir to‘lang. Agar to‘lamasangiz, biz har bir tiyin hayoti barbod bo‘lganlarga yetib borishini ta’minlash uchun qonuniy choralar ko‘rishga tayyormiz”, dedi Starmer.
Sanksiyalar tufayli Abramovich 2022 yilda “Chelsi”ni sotishga majbur bo‘ldi. Savdo mablag‘lari muzlatilgan va hozirda Abramovich boshqaradigan Fordstam kompaniyasi bank hisoblarida saqlanmoqda.
Ma’lumot uchun, 59 yoshli rossiyalik milliarder klubni 2003 yilda sotib olgan va 2021 yilda uning boyligi 14,5 milliard dollarga baholangan edi. “Chelsi” Abramovich rahbarligida ikkita Chempionlar Ligasi, beshta Premer-liga, beshta Angliya Kubogi, ikkita Yevropa Ligasi va bitta Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi