Britaniyada bitiruvchilar 1 yillik harbiy xizmatga jalb qilinadi 

Olam

image

Buyuk Britaniya hukumati maktab va kollej bitiruvchilari (25 yoshgacha) uchun armiyada, flotda yoki Harbiy-havo kuchlarida bir yil davomida xizmatni sinab ko‘rish imkonini beruvchi yangi dasturni ishga tushirmoqda. Dastur uzoq muddatli majburiyatlarni talab qilmaydi. Arizalar 2026 yil bahorida qabul qilina boshlaydi. Bu haqda “i Paper” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, dastlabki bosqichda 150 nafar ishtirokchi qabul qilinadi, keyinchalik yillik kvota 1000 nafargacha oshirilishi rejalashtirilgan. Ishtirokchilar jangovar operatsiyalarga yuborilmaydi, o‘quv dasturlarining mazmuni esa hozircha ishlab chiqilmoqda.

Dastur harbiy xizmatga qabul qilish va kadrlarni ushlab qolish bilan bog‘liq muammolarni hal etishga qaratilgan. Tayyorlovni quruqlik qo‘shinlari, flot yoki Harbiy-havo kuchlarida o‘tash mumkin bo‘ladi. Xizmat haq to‘lanadi, biroq maosh miqdori hozircha e’lon qilinmagan.

Shuningdek, 30 o‘rinli ofitserlar tayyorlash bo‘yicha alohida dastur ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, uni universitetda o‘qishdan oldin, o‘qish davomida yoki undan keyin o‘tash mumkin.

Mamlakat Mudofaa vaziri Jon Xiliga ko‘ra, ishtirokchilar yetakchilik, jamoada ishlash va muammolarni hal qilish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi, bu esa kelajakdagi kasbidan qat’i nazar, hayotda foydali bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Litva Mudofaa vazirligi 2026 yilda 5 mingga yaqin yigit majburiy harbiy xizmatga chaqirilishi haqida xabar bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya harbiy xizmat bitiruvchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing