Britaniyada Falastin uchun namoyishlar o‘tkazish cheklanishi mumkin

Olam

image

Buyuk Britaniyada ayrim Falastin tarafdorlarining namoyishlari taqiqlanishi va “globalise the Intifada” iborasini ishlatganlar javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Kir Starmer BBC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Starmer Falastin tarafdorlari namoyishlarida qo‘llaniladigan shiorlarga nisbatan qat’iyroq cheklovlar joriy etishni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. 

“Men so‘z erkinligi va tinch namoyishlarning katta himoyachisiman, lekin “globalise the Intifada” kabi shiorlarni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. Bu borada, albatta, yanada qat’iy choralar ko‘rilishi kerak”, degan u. 

Starmerning aytishicha, qo‘shimcha choralar haqida politsiya bilan ma’lum vaqtdan beri muhokamalar olib borilmoqda. Ayrim mitinglarni to‘liq taqiqlash masalasiga to‘xtalib, u ba’zi hollarda bu to‘g‘ri qaror bo‘lishini aytgan. Starmer ushbu iborani hafta boshida o‘ta keskin irqchilik deb atagan va uni ishlatganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi kerakligini bildirgan. London Metropoliten politsiyasi komissari ser Mark Rouli ham BBC’ga bergan intervyusida bu iborani ishlatganlar ehtimol qo‘lga olinishi mumkinligini aytgan. Bu shiorni qo‘llab-quvvatlovchilar uni Falastin tarafdorlari harakatini global miqyosga kengaytirishga chaqiriq sifatida tushuntirishadi.

Oxirgi paytlarda Britaniya hukumati Isroilning G‘azodagi urushi fonida Falastin tarafdorlari faoliyatiga bosim o‘tkazayotgani uchun bir necha bor tanqid qilinyapti. O‘tgan oy Londonda “Palestine Action” harakatiga qo‘yilgan taqiqqa qarshi ommaviy yig‘ilishda 500 dan ortiq kishi qo‘lga olingandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropaning Irlandiya, Ispaniya va Sloveniya milliy teleradiokompaniyalarida namoyishlar sabab bu yil dunyoga mashxur “Eurovision” qo‘shiqlar tanlovini efirga uzatmasligi haqida e’lon qilingan edi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Buyuk Britaniya Falastin namoyishlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing