Bu uzoq davom eta olmaydi – “Barselona” afsonasi Flikni ogohlantirdi

Sport

image

“Barselona” afsonasi Rivaldo Kataloniya klubi himoyasi hamda Hansi Flikning yuqori chiziqli taktikasi tufayli jamoa o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishda qiynalayotgani haqida tashvishini bildirdi. Rivaldo Flikni jamoada o‘zgarishi qilishga chaqirdi. Bu haqda “Telegrafi” nashri xabar berdi.

“Flik ba’zi o‘zgarishlar qilishi kerak. Bu holat shunday davom eta olmaydi. Ayrim vaziyatlar murabbiy zimmasida bo‘lishi aniq, ammo ba’zilari o‘yinchilarning o‘yinda yetarli darajada harakat qilmasligidan kelib chiqadi”, deydi “Barselona” sobiq futbolchisi Rivaldo.

Uning aytishicha, ba’zan himoyachilar o‘rtasida aloqa yetishmaydi yoki o‘yinchilar raqib hujumchilarni gol urish zonasida bo‘sh qoldirib qo‘yishadi.

“Bu har doim murabbiyning aybi emas. Ko‘p hollarda futbolchilar murabbiy tayyorlab bergan rejani to‘liq tushunishmaydi”, deya qo‘shimcha qildi braziliyalik afsona.

Kataloniyaliklar so‘nggi to‘rtta o‘yinda jami sakkizta gol o‘tkazib yuborgan, jumladan, Chempionlar ligasida “Chelsi”ga qarshi uchrashuvda uchta gol qabul qilgan. Natijada “Barselona” turnirning dastlabki 5 turida ikki bor mag‘lubiyatga uchrab, o‘z darvozasidan umumiy hisobda 10 ta to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” Rivaldo Hansi Flik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing