Bugun “Nasaf” “Al-Shorta” bilan o‘ynaydi
Sport
−
09 fevral 3094 1 daqiqa
Bugun, 9 fevral kuni Qarshining “Nasaf” jamoasi OFK Elit Chempionlar ligasi 7-tur doirasida Iroqning “Al-Shorta” jamoasi bilan bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv Farg‘onaning “Istiqlol” stadionida soat 18:45 da boshlanadi.
“Barcha yigitlar uchrashuvga tayyor. O‘ylaymanki, natija ham, bahs ham muxlislar uchun manzur bo‘ladi.
Bunaqa o‘yinlarda bosimni his qilish kerak emas. Yigitlar maydonda erkin harakat qilishi kerak, biz buni uqtiramiz. Yigitlarni yig‘inlar va undagi nazorat bahslari orqali tayyorladik. Bu yig‘in uchun rejalarimiz bor edi va bu to‘liq amalga oshdi. Jamoaning o‘yinini yangi futbolchilar bilan shakllantirishga harakat qildik. Yosh o‘yinchilarimizni ko‘rikdan o‘tkazib olishimiz kerak edi va bundan o‘tdi. O‘ylaymanki, bu bellashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik”, deydi Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin oldi matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, “Nasaf” OFK Elit Chempionlar ligasining ortda qolgan barcha uchrashuvlarida mag‘lubiyatga uchragan holda turnir jadvalida eng oxirgi pog‘onada bormoqda.