“Nasaf” Elit Chempionlar ligasi 6-uchrashuvida ham mag‘lubiyatga uchradi

Sport

image

Kecha, 23 dekabr kuni Qarshining “Nasaf” jamoasi OFK Elit Chempionlar ligasi 6-tur doirasida Saudiya Arabistonining “Al Ittihad” jamoasi bilan bahs olib bordi. Uchrashuvda Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

“Podshoh Abdulla” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mezbonlar faol hujumlar bilan o‘yinni boshladi va raqib darvozasiga bir qator xavfli vaziyatlar yaratdi. Shunga qaramay, birinchi bo‘limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasida “Al Ittihad” jamoasining fransiyalik hujumchisi Karim Benzema hisobni ochdi. Shundan so‘ng “Nasaf” hisobni tenglashtirish uchun faollikni oshirdi, biroq uchrashuv yakuniga qadar natija o‘zgarmadi. Shu tariqa, “Nasaf” OFK Elit Chempionlar ligasidagi 6-uchrashuvida ham mag‘lubiyatga uchradi.

“Bugungi o‘yinda yigitlar yaxshi harakat qilishdi va maydonda bor kuchlarini ishga soldilar. Oxirigacha kurash olib bordik, qarshi hujumlarda golli vaziyatlar yaratdik. Futbolchilarimga minnatdorlik bildiraman. Kuchli raqibga qarshi munosib qarshilik ko‘rsatdik”,  deydi “Nasaf” jamoasi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, “Nasaf” OFK Elit Chempionlar ligasining ortda qolgan barcha uchrashuvlarida mag‘lubiyatga uchragan holda turnir jadvalida eng oxirgi pog‘onada bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“Nasaf” Elit Chempionlar ligasi “Al Ittihad”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing