Buxoroda “opiy”ni mashina motoriga yashirgan haydovchi ushlandi

3-sahifa

image

Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida giyohvandlik vositalarining katta partiyasi noqonuniy aylanmadan olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Jumladan, Buxoro shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan, muqaddam narkojinoyat sodir etgani uchun sudlangan shaxs boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashina “Surxondaryo-Buxoro” yo‘nalishida harakatlanayotgan vaqtida Kogon tumani hududida to‘xtatilgan.

Avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning motor qismidagi havo filtri ostiga yashirib qo‘yilgan 993 gramm “opiy” moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Surishtiruvlar davomida, u narkotik moddani Termiz tumanida istiqomat qiluvchi, 1980 yilda tug‘ilgan, xalqaro yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxsdan olganligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirilgan.

Natijada, ushbu shaxs ham ushlanib, uning yonidan muqaddam Afg‘onistondan kontrabanda qilingan 5 kg va yashash xonadonidan esa 7 kg “opiy” giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida ikkita xonadonidagi yerga 15 410 tup ko‘knori ekkan erkak qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro Termiz opiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing