Bugun O‘zbekistonlik sportchilar Olimpiadadagi ishtirokini davom ettiradi
Sport
−
16 fevral 868 1 daqiqa
Bugun, 16 fevral kuni Medet Nazarov va Daniil Yeybog Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroklarini davom ettirishadi.
Medet Nazarov Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da tog‘ chang‘isining slalom dasturida startga chiqadi. Shuningdek, o‘zbekistonlik short-trekchi Daniil Yeybog esa 15:20 da boshlanadigan 500 metr masofadagi saralash bahsini o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Daniil Yeybog kecha, 15 fevralga o‘tar kechasi short-trek bo‘yicha 1500 metr masofada kechgan bahslarda chorak final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, yarim finalga yo‘l olgan edi. Yarim finaldagi chiqishida Yeybog o‘z guruhida roppa-rosa ikki daqiqa 18 soniyada bilan uchinchi bo‘lib finishga keldi. U yakunda “B” finalda ishtirok etib, musobaqani 14-o‘rinda yakunladi.
Medet Nazarov esa joriy yilning 14 fevral kuni tog‘ chang‘isi bo‘yicha gigant slalom dasturidagi bahslarda ishtirok etdi. Nazarov dastlabki chiqishda 1:25.75 soniya natija qayd etdi. Bu orqali Medet marraga yetib kelganida 48-pog‘onaga joylashdi. Yakunda esa 54-o‘rindan joy oldi. Ikkinchi chiqishdan so‘ng 1:21.14 soniyalik ko‘rsatgich bilan to‘rt pog‘ona yuqorilab, 50-o‘rinni egalladi. Nazarov chempiondan +21.89 soniya ko‘proq vaqt sarfladi.
Live
BarchasiShayxontohur tumanida xonadon yonmoqda
16 fevral