Buxoroda talaba yotoqxonada o‘z joniga qasd qildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakultetining Kogon tumanidan bo‘lgan 18 yoshli 1-kurs talabasi (qiz bola) universitet yotoqxonasida o‘z joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.

Uning bildirishicha, joriy yilning 4 noyabr kuni 2007 yilda tug‘ilgan qiz talabalar yotoqxonasidagi karavotning temir ustunida sirtmoq yasagan va bo‘yin sohasidan osib, o‘z joniga qasd qilishi oqibatida vafot etgan.

Hozirda Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning aprel oyida Buxoro davlat texnika universitetining 2 nafar talabasi talabalar turarjoyida o‘z joniga qasd qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

talaba Buxoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing