Buxoroda Damas va Labo’lar “ovi”. IIB shov-shuvga nuqta qo‘ydi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida ko‘plab Damas va Labo avtomashinalari jarima maydonchasida hujjatsiz ushlab turilgani to‘g‘risidagi xabarlarga  viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, 2026 yil 7 yanvar kuni tuman kasalxonasi shifokori tomonidan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida murojaat kelib tushgan. Mazkur hodisa oqibatida 2011 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan fuqaro turli tan jarohatlari bilan tibbiy muassasaga olib kelingan.

Aniqlanishicha, Damas haydovchisi voyaga yetmagan fuqaroni velosiped boshqarib ketayotgan vaqtida orqasidan urib yuborgan va bolaga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatmasdan voqea joyidan qochib ketgan. Shundan so‘ng, mazkur holat yuzasidan gumon qilinuvchi Damas va uning haydovchisini aniqlash maqsadida, tezkor-qidiruv amalga oshirilgan. 

IIBning ma’lum qilishicha, sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan olib borilgan surishtiruv doirasida tumanda harakatlanayotgan oq rangli Damas va Labo avtomashinalari tekshiruv uchun to‘xtatilgan va qonun buzilishi holatlari aniqlanmagach, o‘z egalariga qaytarilgan.

Bugun, 9 yanvar kuni mazkur yo‘l-transport hodisasini sodir etgan gumonlanuvchi shaxs  G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan erkak ekanligi aniqlangan va u o‘z aybiga iqror bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro Damas Labo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing