Buxoroda mashinasida salkam 5 kg “opiy” olib ketayotgan fuqaro ushlandi (video)

3-sahifa

image

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi. Bu haqda davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan katta miqdordagi narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.

Xususan, “Buxoro – Qorako‘l” yo‘nalishida harakatlanayotgan Jentra rusumli avtotransport vositasi Jondor tumani hududida to‘xtatilib, tekshirilgan.

Natijada Qorako‘l tumanida yashovchi 1969 yilda tug‘ilgan shaxs va 1973 yilda tug‘ilgan xorijiy davlat fuqarosi ketayotgan avtomashina salonida sof vazni 4 kg 715 g bo‘lgan “opiy” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, ular ushbu qoradorini muqaddam narkokur’erlar tomonidan Afg‘onistondan kontrabanda qilinib, Buxoro shahri hududiga yashirib ketilgan xufiya joydan olishgan.

 Hozirda mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Qonunchilikka muvofiq bunday jinoyatlar sodir etgan shaxslar 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatida qurilishda foydalaniladigan marmar toshlar orasiga giyohvand moddalarini yashirgan shaxslar ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro mashina opiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing