Charlz III Trampga suvosti kemasining qo‘ng‘irog‘ini sovg‘a qildi
Olam
−
29 aprel 1435 1 daqiqa
Buyuk Britaniya qiroli Charlz III Vashingtonga tashrifi chog‘ida AQSH Prezidenti Donald Trampga sovg‘a topshirdi – monarx Oq uy rahbariga kema qo‘ng‘irog‘ini taqdim etdi. Bu haqda “C-Span” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu 1944 yilda xizmatni boshlagan Britaniyaning HMS Trump suvosti kemasiga tegishli qo‘ng‘iroq. Sovg‘a Buyuk Britaniya va AQSHning NATO va AUKUS harbiy alyanslaridagi hamkorligi qadriyatlari haqidagi suhbatdan so‘ng topshirilgan.

“Sizga shaxsiy sovg‘a sifatida sizning jasur nomdoshingiz rubkasida (boshqaruv xonasida) osilib turgan asl qo‘ng‘iroqni taqdim etishdan mamnunman. U mamlakatlarimizning umumiy tarixi va porloq kelajagining guvohi bo‘lsin”, deydi Charlz III.
Qirol, shuningdek, agar Trampga qachondir Buyuk Britaniya bilan bog‘lanish kerak bo‘lsa, “shunchaki qo‘ng‘iroq qilish” (ingliz tilida ring so‘zi ham qo‘ng‘iroq chalish, ham telefon qilish ma’nosini anglatadi) kifoya ekanligini aytib, hazillashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya qiroli Charlz III va uning rafiqasi qirolicha Kamilla rasmiy tashrif bilan AQSHga borgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi