Tramp Eronga qarshi uzoq muddatli blokadaga tayyorgarlik ko‘rishni topshirdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘z yordamchilariga Eronga qarshi uzoq muddatli blokadaga tayyorgarlik ko‘rishni buyurdi. Bu haqda amerikalik amaldorlarga tayanib, “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Oq uydagi so‘nggi yig‘ilishlarda, jumladan maxsus vaziyatlar markazida, Tramp Eron iqtisodiyoti va neft eksportiga bosimni davom ettirish maqsadida mamlakat portlarini blokada qilishni ma’qul ko‘rgan.

Manbalarga ko‘ra, AQSH rahbari boshqa variantlarni – bombardimonlarni qayta boshlash yoki mojarodan chiqishni ancha xavfli deb hisoblagan. Shu bois blokada eng maqbul yo‘l sifatida tanlangan.

Biroq bu qaror mojaroni yanada cho‘zish xavfini ham keltirib chiqarmoqda. Xususan, benzin narxlarining oshishi, Prezident reytingiga salbiy ta’sir va respublikachilarning saylovlardagi imkoniyatlariga zarba berishi qayd etilgan.

Ayrim amerikalik siyosatchilar, jumladan senator Lindsi Grem, bosimni kuchaytirishni qo‘llab-quvvatlamoqda. Boshqalar esa, ayniqsa biznes doiralari vakillari, Hormuz bo‘g‘ozining yopilishi yoki yangi urush iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazishidan xavotirda.

Shu bilan birga, Eron tomoni taklif qilgan reja o‘t ochishni to‘xtatish va Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha vaziyatni, ayrimlar fikricha, mojaroni yumshatishi mumkin. Ammo AQSH bu variantni rad etmoqda, chunki u Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha bosim mexanizmlarini zaiflashtiradi.

Vashington pozitsiyasiga ko‘ra, har qanday kelishuv Eronning yadroviy faoliyatini cheklashni ham o‘z ichiga olishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing