Chegara orqali O‘zbekistonga 19 kilodan ortiq “gashish” olib o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi
3-sahifa
−
16 yanvar 1934 2 daqiqa
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara orqali 19 kilogrammdan ortiq gashishni olib o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Andijon shahrida yashovchi, 1985 va 1989 yilda tug‘ilgan 2 fuqaro o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasining Namangan viloyati Uychi tumani “Yangiyer” MFY hududidan o‘tuvchi qismida harakatlanayotgan vaqtlarida to‘xtatib tekshirilgan. Ularning yonida bo‘lgan yuk sumkasi ichida 19 kg 169 gr “gashish” moddasi borligi ma’lum bo‘lib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, narkotikni olib ketish uchun yordamlashish maqsadida kelgan vaqtida, ularning hamshahari ham ushlangan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida fuqarolar qirg‘izistonlik narkosavdogar bilan til biriktirib, ushbu moddani kelgusida sotish maqsadida O‘zbekiston hududiga kontrabanda qilganliklari ma’lum bo‘lgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi va 25,273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
DXX va IIO xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan boshqa tezkor tadbirda esa Yangi Namangan tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan ayol boshqa bir fuqarodan 200 mln so‘mga sotib olishga kelishib, u tomonidan matolar orasiga yashirgan holda Marg‘ilon shahridan yo‘lovchi mashinada yuborilgan 1 kg 953 gr “gashish” moddasini qabul qilib olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistonga noqonuniy olib ketilayotgan dori vositalari to‘xtatib qolingandi.
Live
Barchasi