O‘zbekiston MTJ Dubay yig‘inida ikkita nazorat o‘yini o‘tkazadi
Sport
−
11:21 534 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazmoqda. Ushbu yig‘in davomida terma jamoa ikkita nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ushbu tayyorgarlik davomida Fabio Kannavaro jamoasi joriy yilning 26 yanvar kuni Xitoy milliy jamoasi qarshi hamda 30 yanvar kuni Armanistonning “Urartu” klubiga qarshi mashg‘ulot uchrashuvi formatida nazorat o‘yini o‘tkaziladi. Ushbu o‘yinlar yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tadi.
“Mazkur yig‘in FIFA kunlari doirasidagi rasmiy uchrashuvlardan tashqari reja asosida tashkil etilgan bo‘lib, asosiy e’tibor futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazishga qaratilgan”, deyildi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishini va ushbu xalqaro tayyorgarlik uchun jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilingan edi.
Live
Barchasi