“Chelsi” “Barselona” himoyachisini kuzatmoqda
Sport
−
15 Oktabr 1444 2 daqiqa
Londonning “Chelsi” klubi himoya chizig‘ini kuchaytirish bo‘yicha variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Londonliklarning diqqat markazida “Barselona” futbolchisi Erik Garsiya turibdi. Bu haqda “Mundo deportivo” nashri xabar berdi.
24 yoshli ispaniyalik markaziy himoyachining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi. Bu esa “Chelsi”da va bir nechta Angliya Premer-ligasi klublarida ham qiziqish uyg‘otgan. “Aristokratlar” yozda Fermin Lopes va Mark Kasado kabi “Barselona” futbolchilariga ham qiziqish bildirgan, endi esa Garsiya transfer ro‘yxatiga qo‘shildi.
“Erik Garsiya yanvar oyida “Chelsi” xarid qilishni istayotgan futbolchi, biroq u o‘sha vaqtgacha “Barselona” bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin. Arauxo ham muhokama qilinmoqda, ammo hozircha u “Barselona”ni tark etishga qiziqmayapti”, deydi TBR Football bosh muxbiri Grem Beyli.
Agar Garsiya “Barselona” bilan shartnomasini uzaytirmasa, 2026 yilning yanvaridan boshlab boshqa klublar bilan muzokara yuritish huquqiga ega bo‘ladi. “Chelsi” esa bu jarayonni kutilganidan oldinroq boshlab, futbolchini shartnomasi tugashidan avval transfer qilish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Shu tariqa, londonliklar “Barselona”dagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Arauxo bilan solishtirganda, “Chelsi” shartnomasi yaqin orada yakunlanadigan va nisbatan arzonroq narxda qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan Garsiya variantini afzal ko‘rmoqda.
Live
Barchasi