“Chelsi” ustozi jarimaga tortildi

Sport

image

Angliyaning “Chelsi” jamoasi bosh murabbiyi Enso Mareska Premer-liganing 7-turi doirasida “Liverpul”ga qarshi o‘yindagi harakatlari uchun bir o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi. Bu haqda “The Independent” nashri xabar berdi.

Enso Mareska o‘z jamoasining g‘alabasini haddan tashqari hissiyot bilan nishonlaganidan so‘ng, uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarida hakam tomonidan maydondan chetlatilgan edi. O‘yindan so‘ng murabbiy o‘zining noto‘g‘ri xatti-harakati uchun aybini tan olgan.

Angliya Futbol assotsiatsiyasining ma’lum qilishicha, italiyalik mutaxassis 8000 funt sterling miqdorida jarimaga tortildi. Mareska endi jamoasiga APL doirasidagi “Nottingem Forest”ga qarshi o‘yinda boshchilik qila olmaydi. Mareskaning chetlatilishi jamoaning so‘nggi uchrashuvlarda uchta qizil kartochka olgan futbolchilari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Italiya matbuotiga bergan intervyusida Mareska bu harakatini “instinktiv reaksiya” deb atab: “ Menimcha qizil kartochka bunga arziydi”,  deya izoh berdi.

Ma’lumot uchun, hozirda “Chelsi” Premer-liga jadvalida yettinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam “Arsenal”dan besh ochko ortda qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Liverpul Prem'er-liga Angliyan Entso Mareska

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing