Chernogoriyada pulsiz qolganlar O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
19:39 667 1 daqiqa
Chernogoriyada mablag‘siz qolgan o‘zbekistonliklar ortga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ular Chernogoriya hududidan O‘zbekistonga qaytishda yordam so‘rab elchixonaning konsullik bo‘limiga murojaat qilgan. Murojaatchilarning ma’lumot berishicha, ularning mehnat munosabatlari Chernogoriyadagi ish beruvchi bilan bir tomonlama tugatilgan, oqibatda ular yashash uchun mablag‘siz qolgan.
Ma’lum qilinishicha, avvalroq ularga ishga joylashish va’dasi bilan ishchi vizasi rasmiylashtirilgan. Shundan so‘ng ular Chernogoriyaga yetib borgan va qurilish sohasida ish boshlagan.
Keyinchalik, ish beruvchi boshqa chet ellik xodimlarni ular uchun noqulay shartlarga jalb qilgan. Shundan keyin o‘zbekistonliklar bajarilgan ishlarning qoniqarsiz sifati bahonasida ishdan chetlatilgan. Shu bilan birga, amaldagi shartnoma majburiyatlariga qaramay, ularga oxirgi oy uchun ish haqi to‘lanmagan.
Yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda, elchixonaning konsullik bo‘limi tomonidan Mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash va yordam jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moddiy yordam ko‘rsatish masalasini ishlab chiqish maqsadida Migratsiya agentligi bilan ishchi aloqalar o‘rnatilgan.
Belgilangan chora-tadbirlar natijasida ularga aviachiptalar xarid qilinib, O‘zbekistonga qaytarilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada qo‘lga olingan ona va qiz O‘zbekistonga qaytarilgan edi.
Live
Barchasi