O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarachilari uchrashuv o‘tkazdi

Olam

image

Joriy yilning 15 fevral kuni O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegara vakillarining uch tomonlama ishchi uchrashuvi o‘tkazildi. Bu haqda Qirg‘iziston Davlat chegara xizmatiga tayanib, “24.kg” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuv davlat chegaralarida ishonchni mustahkamlash, barqaror vaziyatni saqlash va chegara rejimiga rioya etishni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan. Tadbir uch davlat chegaralari tutashgan hududda, “Do‘stlik” stelasi yonida bo‘lib o‘tgan. 

Muzokaralar davomida tomonlar chegara xizmatlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa mexanizmlarini takomillashtirish va chegarada yuz berishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, chegara hududida muhandislik, iqtisodiy va bahorgi dala ishlari vaqtida o‘zaro hamkorlik qilish tartibi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni tezkor hal etish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston Respublikalari Energetika hamda Suv xo‘jaligi vazirlarining navbatdagi ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston O'zbekiston chegara Qirg'iziston “Do'stlik” stelasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing