O‘zbekistonda chiqindidan qarzdorlarga ommaviy ogohlantirish yuborilmoqda
Jamiyat
−
16 yanvar 8324 1 daqiqa
Kecha, 15 yanvar kuni respublika bo‘yicha chiqindi xizmatidan yuzaga kelgan 9,3 mlrd so‘m qarzdorlik uchun jami 118 ming 646 ta abonentga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2100 qisqa raqamidan SMS xabarnoma orqali ogohlantirish yuborildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ayni damda ham ogohlantirish ishlari davom etmoqda. Ushbu ogohlantirishdan so‘ng, 5 kun ichida qarzdorligini bartaraf etmagan abonentlarning elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyatiga vaqtincha cheklov o‘rnatiladi.
Ma’lumot uchun, ushbu tartib 2025 yilning 1 iyulidan chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar uchun amal qiladi. Ayni tizim 2025 yil 1 noyabr oyidan boshlab oyma-oy qo‘llanib kelinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida aholi uchun maishiy chiqindi tashish xizmatlari ko‘rsatish jarayonida jiddiy qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilib, 250 mingga yaqin iste’molchidan jami 8,8 milliard so‘mdan ortiq asossiz to‘lov undirilgani haqida xabar berilgandi. Ayrim xonadonlardan chiqindilar umuman olib ketilmagan yoki xizmatlar to‘liq ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, ularga to‘lovlar hisoblangan.
Live
Barchasi