Chilonzorda haydovchilar yo‘l talashib, janjallashdi (video)
3-sahifa
−
22 dekabr 4028 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Chilonzor tumanida 2 nafar haydovchi va ularning yo‘lovchilari yo‘l talashib janjallashgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, kecha, 21 dekabr kuni taxminan soat 23:30 larda Chilonzor tumani, KHAY ko‘chasida davlat raqam belgisi 01 K 122 VC bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi – 2002 yilda tug‘ilgan A.A. (yo‘lovchilari: 2001 yilda tug‘ilgan R.U. va 1988 yilda tug‘ilgan S.J.) hamda davlat raqam belgisi 50 Ye 942 FB bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi – 2000 yilda tug‘ilgan A.A. (yo‘lovchilari: 1999 yilda tug‘ilganlar Sh.A., S.N. va B.S.) lar yo‘l talashgan. So‘ng yo‘lning qatnov qismida o‘zaro janjallashib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat tartibini buzgan. Hodisa oqibatida tan jarohati bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan fuqarolar aniqlanmagan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani hududida Toyota va Damas haydovchilari yo‘l talashib janjallashgan edi.
Live
Barchasi