FVB xodimi dalahovlida o‘z joniga qasd qildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Uchtepa tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi o‘z joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.

Uning bildirishicha, hodisa kecha, 21 dekabr kuni soat 15:00 larda Bo‘stonliq tumani “G‘azalkent” MFY Sebzor ko‘chasidagi dalahovlida sodir bo‘lgan. Joriy yil 25 noyabr kunidan navbatdagi xizmat ta’tilida bo‘lgan Toshkent shahar Uchtepa tuman FVB profilaktika inspektori katta leytenant 25 yoshli X.B. dalahovlida arqon bilan o‘zini bo‘yin sohasidan osgan holda topilgan.

Marhumning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda holat yuzasidan Chirchiq harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 28 yoshli yo‘l-patrul xizmati xodimi vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent FVB xodimi dalahovli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing