Dana Uayt Makgregor UFC’ga qaytishini aytdi
Sport
−
08 may 805 1 daqiqa
UFC bosh direktori Dana Uayt sobiq UFC chempioni Konor Makgregor 2026 yil yozida oktagonga qaytishiga ishonch bildirdi. Bu haqda u jurnalist Jim Rome bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Men Konorning bu yil jang qilishiga to‘liq ishonaman. U hozir mashg‘ulot olib bormoqda va bu jarayondan videolar ham paydo bo‘lyapti. O‘tgan yili ham jang qiladi deb o‘ylagandim, biroq bu amalga oshmadi. Ammo hozir uning yozda jang qilishi borasida ancha ishonchim komil. U juda motivatsiyalangan ko‘rinmoqda, muntazam shug‘ullanyapti va sahna ortida ham ko‘plab ijobiy jarayonlar ketmoqda”, dedi Dana Uayt.
Makgregor 37 yoshda. U oxirgi marta 2021 yil iyul oyida UFC 264 turnirida amerikalik Dastin Porega qarshi jang qilgan va o‘sha bahsda oyog‘ini sindirib olgan edi. Shundan buyon irlandiyalik jangchi oktagonga chiqmagan.
Ma’lumot uchun, Makgregorning MMA’dagi rekordi – 22 g‘alaba va 6 mag‘lubiyat. U avval UFC yarim yengil va yengil vazn toifalarida chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi