UFC Oq uydagi tadbir chiptalarining aksariyatini harbiylarga bermoqchi

Sport

image

UFC bosh direktori Dana Uayt AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan hamkorlikda Oq uy hududida o‘tkaziladigan turnir chiptalarining katta qismini harbiy xizmatchilarga xayriya qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Fox News” xabar berdi.

Bungacha Donald Tramp AQSHning 250 yilligi munosabati bilan Oq uy hududida UFC turniri o‘tkazilishini e’lon qilgan edi. Ushbu tadbir AQSH Mustaqillik Deklaratsiyasi imzolanishining 250 yilligiga bag‘ishlanadi. Turnir joriy yilning 14 iyun kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, aynan shu kuni Tramp 80 yoshni qarshi oladi.

Manbaga ko‘ra, tadbir uchun 4300 tomoshabinga mo‘ljallangan vaqtinchalik arena quriladi. Chiptalarning katta qismi harbiylarga bepul tarqatiladi. Bundan tashqari, tashkilotchilar yaqin atrofdagi parkda janglarni tomosha qilish uchun muxlislarga 85 mingta bepul chipta ajratishni rejalashtirmoqda. Ushbu hududda katta ekranlar va sahnalar o‘rnatiladi.

Turnirning asosiy jangida UFC yengil vazn toifasi chempioni, ispaniyalik Iliya Topuriya o‘z kamarini amerikalik Jastin Getjiga qarshi himoya qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Dana Uayt Oq uy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing