Chirchiqda zararli dasturlarni sotgan yigit qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida o‘zi yaratgan zararli APK dasturlarni Telegram orqali sotish bilan shug‘ullangan 21 yoshli yigit qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, u ushbu dasturlarni 100-300 ming so‘m evaziga Telegram orqali 10 ga yaqin akkaunt foydalanuvchilariga sotgan. Shuningdek, zararli dasturlarni sotib olgan mijozlarni texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlab, ularga foydalanish jarayonida yuzaga kelgan muammolar bo‘yicha maslahatlar bergan. 

Bildirilishicha, ushbu APK dasturlar yordamida o‘zgalarning Telegram messenjerlaridagi akkauntlariga ruxsatsiz ulanish, telefonlaridagi SMS-xabarlarni o‘qish hamda to‘lov tizimlaridagi pul mablag‘larini o‘zlashtirib olish mumkin. 

Mazkur shaxs Telegram messenjeridagi 5 dan ortiq guruh va kanallarning administratori bo‘lgan. Shuningdek, u kanallarda doimiy ravishda zararli APK dasturlarining imkoniyatlari to‘g‘risida postlar joylashtirib kelgan.

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchidan 1 dona Asus ExpertBook rusumli noutbuk, 1 dona Redmi Note 10 Pro rusumli telefon, 1 dona qattiq disk va 2 dona bank plastik kartasi ashyoviy dalil sifatida olingan. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida APK fayllar tarqatib, odamlarning 2 mlrd pulini o‘margan shaxs ushlangan edi.

Shahzoda Shukurullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Chirchiq Davlat xavfsizlik xizmati APK dasturlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing