2 gektar yerni 490 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
3-sahifa
−
25 aprel 3537 1 daqiqa
Samarqand shaxrida ikki nafar shaxs o‘zaro til biriktirib, ikki gektar yer maydonini 490 ming dollarga sotishga urindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand shahrida yashovchi 1993 va 1983 yilda tug‘ilgan shaxslar o‘zaro til biriktirgan. So‘ng 1983 yilda tug‘ilgan fuqaroning turmush o‘rtog‘iga issiqxona tashkil qilish uchun ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini xaridorga 490 ming AQSH dollariga sotishini aytgan hamda mansabdor tanishlari orqali ushbu yerning hujjatlarini rasmiylashtirib berishini va’da qilib, oldindan 50 ming AQSH dollari talab qilgan.
Habarga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1993 yilda tug‘ilgan shaxs 50 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur ikki fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, yer uchastkalarini ajratish va sotish faqatgina “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali shaffof va qonuniy tarzda amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida 20 sotix yerni 23 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan hokim yordamchisi ushlangan edi.
Shahzoda Shukurullayeva
Live
Barchasi