Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

image

Dam olish kunlari – joriy yilning 11-12 aprelda O‘zbekistonning katta qismida quruq ob-havo kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet e’lon qilgan prognozdan keltirilgan.

Unga ko‘ra, joriy yilning 11-12 aprel kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Samarqand, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechalari 8-13 daraja, kunduz kunlari 20-25 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda 10-12 aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi. Harorat kechalari 11-13 daraja, kunduz kunlari 23-25 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo momaqaldiroq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing