Xamzat Chimayev faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi
Sport
−
10:39 2621 1 daqiqa
Bugun, 10 may kuni chechen millatidan bo‘lgan aralash jang san’ati ustasi Xamzat Chimayev faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyatini qabul qildi hamda UFC’ning o‘rta vazn toifasidagi chempionlik unvonini ilk bor himoya qila olmadi.
UFC 328 musobaqasida Chimayev sobiq chempion Shon Striklendga qarshi oktagonga ko‘tarildi va besh raund yakunlariga ko‘ra hakamlar qarori bilan mag‘lub bo‘ldi.
Shu tariqa Xamzat Chimayev MMA faoliyatida ilk bor mag‘lubiyatga uchradi va chempionlik kamaridan mahrum bo‘ldi. Shon Striklend esa faoliyatida ikkinchi bor UFC’ning o‘rta vazn toifasi chempioniga aylandi.
Xamzat Chimayev 2025 yil 17 avgust kuni Chikago shahrida o‘tkazilgan UFC 319 turnirida janubiy afrikalik Drikus dyu Plessi ustidan g‘alaba qozonib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi.
Ma’lumot uchun, endi Chimayevning professional MMA’dagi statistikasi 16 ta jangda 15 g‘alaba va 1 mag‘lubiyatga yetdi. Shon Striklend esa faoliyatidagi 31-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Live
Barchasi