Dana Uayt Maxachev nega Oq uy kartasiga kiritilmaganini aytdi

Sport

image

UFC prezidenti Dana Uayt Oq uyda o‘tkazilishi rejalashtirilgan janglar kartasi haqida fikr bildirib, jarohat sabab yarim o‘rta vazn toifasi chempioni 34 yoshli rossiyalik Islam Maxachev ushbu tadbirga kiritilmaganini ma’lum qildi. Bu haqda u Zuffa Boxing 4 turniridan keyingi matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob tariqasida aytib o‘tdi.

“Maxachevning qo‘lida muammo bor. Men buni bilaman. Jarohat qanchalik jiddiy ekani yoki u qancha muddat janglardan chetda qolishini aniq bilmayman, ammo u jarohat olgan”, deydi Uayt. 

Ma’lumot uchun, Islam Maxachev so‘nggi jangini 2025 yil noyabr oyida o‘tkazgan. U o‘sha bahsda avstraliyalik Jek Della Maddalenani hakamlarning bir ovozdan qabul qilingan qarori bilan mag‘lub etib, yarim o‘rta vazn toifasi chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC Oq uy turnirining asosiy jangida yengil vazn toifasining amaldagi va vaqtinchalik chempionlari – Iliya Topuriya hamda Jastin Getji o‘zaro to‘qnash kelishi haqida ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Oq uy Dana Uayt Maxachev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing