Daniil Yeybog Olimpiadadagi ishtirokini muvaffaqiyatsiz boshladi

Sport

image

Bugun, 15 fevralga o‘tar kechasi o‘zbekistonlik short-trekchi Daniil Yeybog Italiyada o‘tayotgan qishki Olimpiya o‘yinlarida qatnashdi. U yakunda “B” finalda ishtirok etib, musobaqani 14-o‘rinda yakunladi.

U 1500 metr masofada kechgan chorak final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Yeybog o‘z guruhida 2:16.963 vaqt bilan 3-bo‘lib finishga yetib keldi va yarim finalga yo‘l oldi.

O‘zbekistonlik short-trekchi yarim finaldagi chiqishida o‘z guruhida roppa-rosa 2 daqiqa 18 soniyada bilan 3-bo‘lib finishga keldi.

Afsuski, bu “A” finaliga yo‘llanma olish uchun yetarli bo‘lmadi va u “B” finalida 10-16-o‘rinlar uchun kurash olib bordi. “B” finalida qatnashgan Yeybog marraga 5-bo‘lib yetib keldi.

Ushbu natija bilan u mazkur masofadagi chiqishini 14-pog‘onada tugatdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekistonlik Olimpiada musobaqa Daniil Eybog

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing