Dog‘istonda vertolyot qulab tushdi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Bugun, 7 noyabr kuni Dog‘istonda vertolyot halokatga uchradi. Oqibatda to‘rt kishi halok bo‘lgan, yana uch kishi jarohat olgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kizlyardan Izberbashga uchayotgan Ka-226 vertolyoti Dog‘istonning Achi-Su posyolkasida qulagan. Bortda jami yetti kishi bo‘lgan. Uskuna Kizlyar elektromexanik zavodiga tegishli bo‘lib, ishchilarni tashigan. Vertolyot qurilish bosqichidagi mehmon uyining ustiga qulagan. U paytda bino ichida hech kim bo‘lmagan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, halokat sababi parvoz vaqtida dvigatelning yonib ketishi bo‘lgan.

Voqea joyida 80 kvadrat metr maydonda yong‘in chiqqan va keyinroq o‘chirilgan. Halokat oqibatlarini bartaraf etish ishlariga 16 kishi va 4 ta texnika vositasi jalb qilingan. Dog‘iston mintaqaviy boshqaruv markazi rahbari Isrofil Isrofilov ma’lum qilishicha, halokat oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, 3 kishi tan jarohati olgan. Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi jarohat olganlar Izberbash markaziy shahar shifoxonasiga yetkazilganini bildirgan. Ulardan ikki nafari nihoyatda og‘ir, yana biri og‘ir ahvolda.

Voqea yuzasidan bir nechta odamning o‘limiga sabab bo‘lgan xavfsizlik qoidalarini buzish moddasiga binoan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Filippinning Agusan-del-Sur viloyatining Loreto tumanida harbiy vertolyot qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Dog'iston vertolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing