Indoneziyada vertolyot qulab tushdi. 8 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Indoneziyaning G‘arbiy Kalimantan provinsiyasida bortida olti nafar yo‘lovchi va ikki nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan Airbus H130 vertolyoti halokatga uchradi. Oqibatda bortdagilarning barchasi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy rasmiylarga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Indoneziya qutqaruv agentligi rahbari Muhammad Syafining ma’lumotlariga ko‘ra, vertolyot 16 aprel kuni ertalab Melavidagi plantatsiya hududidan havoga ko‘tarilganidan besh daqiqa o‘tib radarlardan g‘oyib bo‘lgan. Keyinroq qutqaruvchilar aloqa uzilgan nuqtadan taxminan 3 km uzoqlikda havo kemasining qoldiqlarini, taxminlarga ko‘ra, dum qismini topgan. Syafining so‘zlariga ko‘ra, halokat joyi qalin o‘rmon va murakkab tog‘li hududda joylashgan.

Mahalliy qutqaruv xizmati bortdagi sakkiz kishining barchasi halok bo‘lganini tasdiqlagan. Vertolyot qulashi sabablari o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qatar-Turkiya qo‘shma qo‘mondonligi tarkibida o‘quv faoliyatini olib borayotgan Qatar Qurolli kuchlariga tegishli vertolyot qulashi oqibatida 7 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Indoneziya vertolyot G'arbiy Kalimantan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing