Dollar kursi keskin ko‘tarildi
Jamiyat
−
04 dekabr 55238 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 5 dekabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 50,85 so‘mga oshdi va 11 963,23 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 97,5 so‘mga ko‘tarilib, 13 970,66 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 1,96 so‘mga oshdi va 155,35 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 5,47 so‘mga balandladi va 1691,70 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 7 ming 500 so‘mga tushdi va 1 mln 652 ming 800 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 4 dekabr Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 7 mln 255 ming 587 so‘mga oshgan va 1 mlrd 115 mln 154 ming 971 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi