Dollarning rasmiy kursi yangilandi
Jamiyat
−
02 dekabr 13240 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 3 dekabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,64 so‘mga tushdi va 11 880,93 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 31,27 so‘mga pasayib, 13 794,95 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,3 so‘mga oshdi va 153,28 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 1,57 so‘mga pastladi va 1680,52 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 8 ming 200 so‘mga oshdi va 1 mln 676 ming 200 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 2 dekabr Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 6 mln 420 ming 473 so‘mga oshgan va 1 mlrd 37 mln 100 ming 240 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi