Dollar kursi ketma-ket tushishdan so‘ng ko‘tarildi
Jamiyat
−
16:06 2206 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 4 iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 36,04 so‘mga oshdi va 11 970,68 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 6,06 so‘mga ko‘tarildi va 13 902,75 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,96 so‘mga pasaydi va 163,18 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 3,45 so‘mga oshdi va 1768,04 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa, ming so‘mga pasaydi va 1 mln 884 ming 200 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 3 iyun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 25 mln 422 ming 642 so‘mga tushdi va 804 mln 443 ming 850 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi