Dollar kursi ko‘tarildi
Jamiyat
−
27 yanvar 8277 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 28 yanvar kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 29,9 so‘mga oshdi va 12 128,02 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 65,79 so‘mga balandladi va 14 419 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,12 so‘mga tushdi va 158,52 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 4,04 so‘mga oshdi va 1743,73 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 30 ming so‘mga oshdi va 2 mln 37 ming 300 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 27 yanvar Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 839 ming 986 so‘mga oshgan va 1 mlrd 63 mln 419 ming 424 so‘m etib belgilangan.